Germaniyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi “Bosch” kompaniyasi Rossiyadagi ikkita zavodi uchun xaridor qidira boshladi.

Zavodlar Sankt-Peterburg yaqinidagi Strelna qishlog‘ida joylashgan, xabar berdi “Kommersant.ru” nashri

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zavodlarga allaqachon bir nechta rossiyalik chakana sotuvchilar qiziqish bildirishgan, ammo ularga so‘ralgan narx to‘g‘ri kelmagan.

Bozor ishtirokchilari zavodlarning narxi 65−75 mln yevrogacha bo‘lishi mumkinligini tahmin qilishmoqda.

“Marvel Distribution” vakilining so‘zlariga ko‘ra, nemis sotuvchisining zavodlarini sotib olish Xitoy yoki Turkiyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

“Kommersant"ga yana bir kompaniya vakili qo‘shimcha qilishicha, nomzodlar orasida “anchadan beri Rossiyada mahalliylashtirishni istagan” Xitoyning “Midea” yoki “Hisense” brendi bo‘lishi mumkin.

Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi, jumladan, asbob-uskunalar va butlovchi qismlar yetkazib berishga qarshi sanksiyalar joriy etdi.

Buning natijasida “Bosch” Sankt-Peterburg yaqinidagi zavodlar ishini to‘xtatdi.

Kompaniya haqida

Bosch” nemis muhandislik va texnologiya kompaniyasi 1886-yil 15-noyabrda tashkil etilgan. Kompaniya bosh ofisi Germaniyaning Shtutgart yaqinidagi Gerlingen shahrida joylashgan.


“Spot” avvalroq H&M kompaniyasi Rossiyadagi do‘konlarini zaxiradagi tovarlarni sotish uchun ochgani haqida yozgandi.