Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-avgust holatiga O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $34,6 mlrd.ni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, 2022-yilning 1-iyul holatiga bu ko‘rsatkich $35,5 mlrd bo‘lgan.

Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari qariyb $1 mlrd.ga kamayganini ko‘rsatmoqda.

Iyun oyi davomida oltinning fizik hajmi 11,7 mln troya unsiyadan 12 mln troya unsiyaga oshib, qiymati $21,2 mlrd.dan $21,0 mlrd.ga pasaygan.

Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari ham iyun oyida $13,3 mlrd.ni tashkil etib, iyulda $12,4 mlrd bilan pasayish kuzatilgan.

“O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan $531,9 mln.ga yoki 1,5%ga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi $1799,25 dan $1758,90 gacha pasayishining ta’siri $483,6 mln.ni tashkil qildi”, deyiladi Markaziy bank izohida.


Avvalroq “Spot” Oʻzbekiston II chorakda oltinning eng yirik xaridorlari uchligiga kirgani haqida xabar bergandi.