“Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi yangi yo‘nalishda qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kompaniya 20-avgust kuni Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali Toshkent-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishidagi ilk parvozini amalga oshirdi.
Aviakompaniyaning Airbus A320 havo kemasi orqali muntazam ravishda qatnovlar olib boriladi.
Mazkur yo‘nalishdagi qatnov haftaning har shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq “Spot” “Qanot Sharq” aviakompaniyasi ikkita yangi Airbus A321neo samolyotini lizingga olgani haqida xabar bergandi.