Prezident boshchiligida tadbirkorlar bilan o‘tkazayotgan uchrashuvda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ayrim tashabbuslarni bildirdi.
Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuv belgilandi.
Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Bular:
- 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani — mikro biznes;
- 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani — kichik biznes;
- 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi.
Shunigdek, 2023-yildan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi.
Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2%li stavkalar saqlab qolinadi.
Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20−30 mln so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Ikkinchi toifa, ya’ni aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi.
“Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi”, dedi davlat rahbari.