2022-yil yozida ruslar ko‘pincha mahalliy kurortlarda dam olishni tanladilar. Bunda Dog‘iston, Kamchatka va Oltoy eng ko‘p sayyohlarni jalb qildi, xabar beradi “TACC” nashri.
Ichki yo‘nalishlardan so‘ng rossiyaliklar eng ko‘p ta’tilni o‘tkazgan joylar MDH davlatlari bo‘ldi. Eng yuqori talab bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston va Qirg‘iziston egallagan.
Shu bilan birga, uzoq masofali xorijiy sayohatlarga qiziqish 2022-yilning yozida saqlanib qoldi.
Turkiya va Maldiv orollarining mashhur dengiz bo‘yidagi kurortlari ayniqsa talabgir bo‘lib, eng mashhur xorijiy davlatlar beshligiga Isroil, Gretsiya va Tailand ham kirdi.
Iyun oyida Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlar orasida “karta-turlar"ga talab boʻyicha yetakchiga aylangani ma’lum boʻldi.
Shundan koʻp vaqt oʻtmay, iyul oyida mamlakat rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng koʻp boradigan hududiga aylangani haqida xabar berildi.
“Spot” avgustda Oʻzbekiston rossiyaliklar uchun eng mashhur yo‘nalishga aylangani haqida yozgandi.