Iyul oyida omonatlarning o‘rtacha stavkalari pasaygan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari iyul oyida 0,2% pasaygan. Foizlar aprel-may oylarida kuzatilgan 20,8% ko‘rsatkichga qaytdi.
Yanvar oyidan buyon omonatlar bo‘yicha stavkalar iyun oyida yillik maksimum ko‘rsatkich 21%ni tashkil qilgandi.
Yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarida ham pasayish kuzatilib, 17,2%ni tashkil etgan (0,5%). Iyun oyida bu ko‘rsatkich 17,7% edi.
Shuningdek, kreditlar bo‘yicha stavkalar ham may oyidan boshlab pasaygan. Iyul oyi yakuniga ko‘ra o‘rtacha stavkalar 22,4%ni tashkil qilgan (-0,4%).