2022-yilning mart oyida xorijiy kompaniyalar Rossiya bozorini tark etgach, mahalliy kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarning, shu jumladan Ural dizaynerlarining savdosi o‘sishni boshladi, xabar beradi “РБК” nashri.

Biroq, talabning o‘sishiga qaramay, mahalliy ishlab chiqaruvchilar kadrlar yetishmasligi, matolarni yetkazib berish va odatdagi tarqatish kanallarining yopilishiga duch kelishmoqda.

“Local Retail Group” tijorat direktori Arina Biryukovaning so‘zlariga ko‘ra, matolar bilan bog‘liq muammo O‘zbekiston tufayli hal bo‘lgan.

Ilgari ularning “Hard Store” brendi kiyimlari uchun turk materialidan foydalanilgan bo‘lsa, endi ular o‘zbek hamkasblariga murojaat qilishga majbur.

“Turklar ko‘pincha O‘zbekistondan futer matosini sotib olib, qimmatroqqa qayta sotishadi. Afsuski, Rossiyada matolar faqat olib sotarlarda bor. Ha, Ivanovoda mato ishlab chiqariladi, biroq jarayonlarni optimallashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi”, — dedi kompaniya vakili.


“Spot” avval O‘zbekistonga IKEAning Ural analogi eksport qilinishi haqida yozgandi. O‘zbekistonlik tadbirkorlar “Stella” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan.