Prezident qarori bilan yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

2023-yildan boshlab har yili o‘tkazilishi belgilanayotgan tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $1 mln.ni tashkil etadi.

Xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublikaning barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

1-oktabrdan boshlab esa AKT sohasida IT-ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.

Unga ITSV huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari jalb qilinadi hamda tanlov Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda startap loyihalar qanday qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida yozgandi.