Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-avgust holatiga muomaladagi bank plastik kartalari soni 30,2 mln.ga yetgan.

Eng ko‘p bank plastik kartalar “Xalq banki” (5,9 mln), “Agrobank” (3,6 mln), “Ipotekabank” (2,9 mln) banklariga tegishli.

Shunigdek, banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18 450 ni tashkil qilgan.

Joriy yil yanvar-iyul oylari davomida to‘lov terminallari orqali 88,5 trln so‘mlik tushumlar tushgan.

Umuman olganda, so‘nggi 4 yilda to‘lov tizimining rivojlantirilishi natijasida naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi sezilarli darajada oshdi.

Muomaladagi bank kartalari soni 1,7 barobarga, o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 1,8 barobar (241 mingtadan 433,2 mingtaga), o‘rnatilgan bankomat va infokioskalar soni 2,7 barobar (6,1 mingdan 16,7 mingga) ko‘paydi

Yanvar-may oylarida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar hajmi 58,2 trln so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga (39,9 trln so‘m) nisbatan 1,5 barobar oshdi.