Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo do‘koni hamda omborxona binosining bir qismini auksionga qo‘ydi.

Bino Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonida joylashgan.

Ijaraga beriladigan obyektning umumiy maydoni 590 kv.m, qurilish osti maydoni esa 190 kv.mni tashkil etadi.

Lotning boshlang‘ich narxi 8,1 mlrd so‘mdan boshlanadi.

Auksion joriy yilning 23-sentabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilish esa xuddi shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.



Avvalroq “Spot” Toshkentdagi sog‘lomlashtirish markazi binosi sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.