Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati $26,6 mln.ga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.

Eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 47 ming tonna;
  • Rossiya — 23,4 ming tonna;
  • Qirg‘iziston — 14,4 ming tonna;
  • Tojikiston — 9,3 ming tonna;
  • Belarus — 1,9 ming tonna.

Viloyatlar kesimida eng ko‘p Toshkent viloyati (23,4 ming tonna), Farg‘ona viloyati (12,8 ming tonna), Andijon viloyati (11,4 ming tonna)dan qovun va tarvuz eksport qilingan.


Avvalroq “Spot” yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eng ko‘p Turkiyaga elektrotexnikalar eksport qilgani haqida yozgandi.