Markaziy bank joriy yilning 1-avgust holatiga bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari haqida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, milliy valyutadagi bank kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi joriy yilning iyul oyida 22,4%ni tashkil qildi.
Bu ko‘rsatkich iyun oyidagi foiz stavkalariga nisbatan pasaygan — 22,8%.
Yil boshida so‘mdagi kreditlarning foiz stavkasi 21,5%ni tashkil etgandi.
Chet el valyutasidagi bank kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi iyul oyida 6,7%ni tashkil etdi.
May-iyun oylarida ham xuddi shu ko‘rsatkich — 6,7% kuzatildi.
O‘tgan yilning iyul oyida ham chet el valyutasidagi bank kreditlarining foiz stavkasi 6,7%ni tashkil etgan.
Shuningdek, milliy valyutadagi imtiyozli bank kreditlarining foiz stavkasi iyul oyida 11,9% ni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan tushish kuzatilgan — 12%.
Avvalroq regulyator iyul oyida omonatlarning o‘rtacha foiz stavkalarini ma’lum qilgandi.