Shvetsiyaning “IKEA” kompaniyasi Rossiyadagi biznesini sotmaydi, deb yozadi “TACC” manbasiga tayanib.

Kompaniya ikki yil ichida mamlakat bozoriga qaytib, do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda.

Ungacha esa omborlar va do‘konlar yopiq holda qoladi. Zavodlar sotilgan taqdirda ham “IKEA"ga kelajakda kelishilgan narxlarda mahsulot ishlab chiqarish huquqini qoldiradi

Shu bilan birga, kompaniyaning 700 ga yaqin xodim ishlashda davom etadi. Kompaniyada hali xodimlarga ish haqini to‘lash uchun resurslar mavjud, dedi manba.

“IKEA” 3-mart kuni Ukrainada “harbiy maxsus operatsiya” boshlanganidan keyin Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatdi.

4-iyul kuni kompaniya qolgan tovarlarni omborlardan xodimlarga oflayn rejimda sotishini e’lon qildi. Keyinchalik, ular sayt orqali hamma uchun savdoni boshladilar.

15-avgust kuni kompaniya Rossiyada yakuniy sotuvni yakunladi va sho‘ba korxonasini tugatishga kirishdi.


Avvalroq “Spot” Bosch Rossiyadagi zavodlari uchun xaridor izlay boshlagani haqida yozgandi.