“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki” tashkil etilmoqda, xabar berdi Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Umumiy qiymati $10 mln.ga teng bo‘lgan loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoy fanlar akademiyasi hamkorligida amalga oshiriladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 12 gektar yer maydoni ajratilgan.

Korxonaning qurilishi uch bosqichda amalga oshiriladi va 2024-yilning yakuniga kelib ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Biznes-rejaga ko‘ra, 16 turdagi dori vositalarining substansiyalari keng miqyosda ishlab chiqariladi.

Keyinchalik ularning soni bozor talablariga muvofiq ravishda kengayib boradi.

Shuningdek, loyihaning boshlang‘ich bosqichida 45 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, har yili ish o‘rinlari soni oshirib boriladi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda qulupnayni yil bo‘yi yetishtirishda Koreya texnologiyasi qo‘llanilishi haqida yozgandi. Loyihani amalga oshirishga Koreya $3,7 mln ajratadi.