Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, joriy yil olti oyida jami 3 292 holatda 5,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Bundan tashqari, ortiqcha pensiya to‘lovlari amalga oshirilgan.
Jumladan, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarni xato shakllantirish natijasida ortiqcha 3,5 mlrd so‘m sarf qilingan.
Davlat pensiya va nafaqalarining noto‘g‘ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida esa 2,1 mlrd so‘m ortiqcha to‘langan.
Mazkur masala yuzasidan 221 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, 45 nafar aybdorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
Shundan 2 nafar hududiy boshqarma, 17 nafar tuman (shahar) bo‘limi boshliqlari.
Avvalroq “Spot” pensiya tayinlashning yangi tartibi joriy etilgani haqida yozgandi.