Markaziy bank joriy yilning 1-avgust holatiga tijorat banklarining muammoli kreditlari to‘g‘risida statistikani e’lon qildi.

Unga ko‘ra, davlat ulushi mavjud 12 ta bankning muammoli kreditlari (NPL)16,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu jami kredit portfelining 4,9%iga teng.

Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi eng katta ulushi “O‘zagroeksportbank"da kuzatildi — 93,6%.

“Xalq banki” ham 17,6% muammoli krediti bilan keyingi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklardan “Turkiston bank” hamda “Hi-Tech bank"ning muammoli kredit ulushi 94,5% va 93,2%ni tashkil etdi.


Avvalroq regulyator banklarda so‘mdagi kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasayib, xorij valyutasidagi kreditlarining foiz stavkasida barqarorlik kuzatilganini ma’lum qilgandi.