“Numbeo” onlayn platformasi dunyo davlatlarining soliqlardan tashqari “sof” ish haqi retingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda “sof” ish haqi $276 ni tashkil etib,106 ta davlat ichida 96-o‘rinni egalladi.
Eng yuqori pog‘onani Shveysariya ($5988), Singapur ($4247,77) va Avstraliya ($4143) egallagan bo‘lsa, eng quyi pog‘onadan Nigeriya ($164), Pokiston ($162) va Shri-Lanka ($144) joy oldi.
Shuningdek, reytingda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O‘zbekistondan tashqari faqat Qozog‘istonni 77-pog‘onada ko‘rish mumkin.
U yerda o‘rtacha ish haqi $423 ni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, platforma har bir mamlakatning yashash xarajatlariga oid ma’lumotlarni ham taqdim etadi.
Unga muvofiq, O‘zbekistonda bir kishining oylik xarajatlari ijarasiz $392ni tashkil qiladi.
Platformada tarmoqlar kesimida xarajatlar ro‘yxati shakllantirilgan, foydalanuvchilar yashash joylaridan kelib chiqib ularni to‘ldirishgan.
Aholi xarajatlarining asosiy qismi ko‘proq transport, oziq-ovqat va ko‘ngilochar majmualarga sarflangan.
Avvalroq “Spot” o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etishi haqida ma’lum qilgandi.