Avvalroq, prezident qarori bilan Nukusda texnopark tashkil etilishi ma’lum qilingandi.

Hujjatga muvofiq joriy yilning 23-avgust kuni Nukusda yoshlar texnoparki ochildi.

Markazni tashkil etishda Innovatsion rivojlanish vazirligining maxsus jamg‘armalari hisobidan 8,9 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 10 ta ish o‘rni yaratildi.

Texnopark 3D printerlar, pnevmatika o‘quv stendlari, lazer kesgich, frezer ishlov beruvchi markaz, gidravlik list bukgich, elektr payvandlagich, laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari va boshqa uskunalar bilan jihozlangan.

“G‘oyalarni noldan boshlab toki protatib darajasiga yetkizgunga qadar yoshlar texnoparki yordam beradi. Kichik ishlab chiqarish zonasi orqali protatiplarni bepul ishlab chiqarish imkoniyati mavjud”, deydi texnopark rahbari Rustam Madraimov.

Shuningdek bu yerda robototexnika, grafik dizayn, mental arifmetika, ingliz tili bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Hozirda O‘zbekistonda “Yashnobod” innovatsion texnoparki, “Oqlon” texnoparki, “Yangihayot” industrial kabi texnoparklar faoliyat yuritmoqda.


Avvalroq “Spot” prezident AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorni imzolagani haqida yozgandi.