Iyul oyi uchun 829 753 nafar iste’molchiga 70,7 mlrd so‘m keshbek to‘landi. Bu haqda Davlat soliq inspeksiyasi xabar berdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida — yanvar-iyun oylari uchun yana 3,3 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

Umumiy hisobda, yil boshidan buyon 1 097 625 nafar fuqaroga 330,8 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Shuningdek, iyun oyi uchun 637 115 nafar iste’molchiga 61,9 mlrd so‘m keshbek to‘langandi.


Joriy yildan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida xarid uchun berilgan cheklar QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali xarid summasidan 1% keshbekka ega boʻlish boshlangandi.