Hukumat qarori bilan Qoraqalpog‘iston hamda Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tizimida keytering usuli yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilandi.

Keytering usuli orqali hududlarda masofaviy tarzda umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatiladi.

Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish;
  • ovqatlarni tayyorlash;
  • yetkazib beris;
  • tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish.

Hujjat bilan o‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantirilishi belgilangan.

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik maxsus komissiya tuziladi hamda u direktor, hamshira va ota-ona vakillaridan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, kundalik taomnomaning ro‘yxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.


Avvalroq AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror e’lon qilingandi.