23-avgust kuni “Humans Companies” aksiyadorlari umumiy nominal qiymati 50 mln so‘m bo‘lgan 50 000 dona konvertatsiya qilinadigan imtiyozli aksiyalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ma’lumotlarga koʻra:
- chiqarilgan aksiyalar cheklanmagan miqdordagi shaxslar oʻrtasida ochiq obuna boʻyicha joylashtiriladi;
- har bir aksiya 1 mln so‘mdan taklif etiladi.
Imtiyozli aksiyalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 36 oy oʻtgandan keyin aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalariga aylantiriladi.
Iyul oyida “Humans"ning 2022-yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha moliyaviy va operatsion natijalari haqida e’lon qilingandi.
Kompaniyaning 6 oy davomidagi tushumi $14,7 mln,ni tashkil qilib, 2021-yilning mos davriga ko‘ra 57%ga o‘sdi.
Bugungi kunda fintex-platformadan 2 mln.dan ortiq mijoz foydalanadi. Kompaniya asoschisi Vladimir Dobrinin O‘zbekistondagi eng qimmatbaho xususiy kompaniyani barpo etishni maqsad qilgan.