Prezident qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududda foyda solig‘i stavkasi 15%dan 7,5%ga tushiriladi.
Aylanma soliq stavkasi Nukus shahrida 4%dan 2%ga, tumanlarda 2%dan 1%ga, olis hududlarda esa 1%dan 0,5%ga pasaytiriladi.
Shuningdek, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini 2 baravarga kamaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bundan tashqari, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 mlrdd so‘mga qo‘shimcha ravishda 200 mlrd so‘m ajratiladi.