“Mercedes-Benz” Rossiyadagi zavodini sotmoqda, xabar berdi “Kommersant” avtomobilsozlik va ko‘chmas mulk bozoridagi manbalariga tayanib.
Gap Moskva yaqinidagi Esipovoda “Mercedes-Benz Manufacturing Rus” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan zavod haqida ketmoqda.
Bu yerda “Daimler Kamaz Rus” QK 20% ulushga ega, qolgan qismi “Mercedes-Benz AG” rahbariga tegishli.
Xabar berilishicha, kelishuv yakuniy bosqichda, zavod xaridori rus dilleri bo‘ladi, ammo Mercedesda “hujjatlar bilan bog’liq muammolar” mavjud.
Nashrga bir qator manbalar xabar berishicha “Avtodom” dilleri ham xaridorga aylanishi mumkin.
“Kommersant” kompaniya o‘zining distribyutori “Mercedes-Benz Rus"ning mulkini rossiyalik dillerlardan biriga sotmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergandi.
“Spot” avvalroq “IKEA” Rossiyadagi biznesini sotmasligi haqida yozgandi. Kompaniya ikki yil ichida mamlakat bozoriga qaytib, do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda.