Qoraqalpog‘istonda sanoat loyihalari ko‘paytiriladi.
Bunda investorlarga ko‘mak markazi tashkil etilib, qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi.
Subsidiya, kredit va kompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga ko‘maklashish bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatiladi.
Shuningdek, investorlarga ko‘mak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparki tashkil etiladi.
Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil qilinadi.
Prezident besh yil muddatga faqat Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xom-ashyolarni, mamlakatimiz bo‘ylab tashishda 70% transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yishga va boshqa topshiriqlar berdi.
Qorao‘zakda mis ishlab chiqarish, Qo‘ng‘irotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.
Qoraqalpog‘istonda infratuzilmani rivojlantirishdagi muammolardan kelib chiqib, Prezident mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriq berdi.
“G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlaridan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishga $160 mln jalb etiladi.
Ta’mirtalab bo‘lgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos va suv stansiyalarini ta’mirlanib, Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlari quriladi.
128 ta transformator, 7,5 mingta simyog‘och ustunlarini almashtirilishi belgilandi.
Qoraqalpog‘istonning har bir shahri va tumanida Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchastkalari tashkil etilib, ularga yetarli shtat, zarur mablag‘ va texnikalar ajratiladi.
Ikki oy muddatda Qoraqalpog‘istonda xalqaro va ichki avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishga topshirig‘i berildi.