Prezident Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Bo‘sh turgan davlat obyektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Shunigdek, ushbu obyektlar tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga beriladi.
Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etiladi.
Shu bilan birga, faqat Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi.
Davlat rahbari hudud ehtiyojidan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.