Avtomobillarni boshqarishga ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
Elektron ishonchnoma rasmiylashtirilganda davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda — 1 oygacha bo‘lgan muddatga 90 ming so‘m, 6 oygacha bo‘lgan muddatga 450 ming so‘m, 3 yilgacha bo‘lgan muddatga 900 ming so‘m miqdorida undiriladi.
Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi
O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.
Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi.
“E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushiriladi
Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshirilib, u bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxona va muassasalarning korrupsiyaviy holatlarini majburiy aniqlash va baholash, unga moyil munosabatlarni shakllantirish, inson omilini qisqartirib, qonunchilikni oshirishga xizmat qiladi.
Mahalliy turistlar uchun keshbek beriladi
Respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi amal qiladi.
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
- aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15%i, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15%i, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15%i, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50%i, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.
Yer va turar joyga bo‘lgan huquqdan foydalanishda ayrim tartiblar bekor qilinadi
Turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish talabi bekor qilinadi.
Farmon bilan yerga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda yana boshqa talablar ham bekor qilinadi.
Masofaviy xizmatlar eksporti markazlari tashkil etiladi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlar eksporti markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasini buzgan shaxslarga yangi majburiyat
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni o‘z hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Namunali maktablar reytingi shakllantiriladi
Reyting doirasida har o‘quv yili yakunida maktablardagi ma’naviy-ma'rifiy ishlar holati baholab boriladi.
Maktablar reyting ko‘rsatkichlari asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Intellektual mulk egalariga qulaylik
“Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk obyektlarini Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron yuborish, ariza holatini onlayn kuzatib borish va natijasi bo‘yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan intellektual mulk huquqlarining texnik va qonuniy jihatdan tartibga solinishi nazorat qilinadi.
Shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi
Buning uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlarga o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur tajriba dastlab joriy yilning yakunigacha Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etiladi.
Ikkilamchi qadoqlardagi dori vositalarini raqamli markirovkalash boshlanadi
Raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularning yaroqlilik muddati tugagunga qadar, raqamli identifikatsiyalash vositalarisiz realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
Tovarlar va xizmatlarning harakatlanishini cheklashni qonuniy cheklovchi tizim yo‘lga qo‘yiladi
Unga ko‘ra, litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilishi va boshqa holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
10 yil xizmat qilgan avtomobillar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
Bunda ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomobillar 2 yilda bir marta, 15 yil va undan ortiq bo‘lgan mashinalar esa 1 yilda bir marta ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Sport maktabi xodimlariga ustamalar beriladi
Sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga o‘quvchi-sportchilar erishgan yuqori sport natijalaridan kelib chiqib har oyda ustamalar to‘lab beriladi.
Bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalar ham qabul qilinadi
Oilaviy nodavlat bog‘chalarda tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda hamda oilaviy bog‘chalarda ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.