Joriy yilning olti oyi davomida turar-joy qurilishida 8893,2 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shundan:
- aholi mablag‘lari hisobidan 7,5 trln so‘m:
- davlat budjeti hisobidan 87 mlrd so‘m:
- korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 21 mlrd so‘m investitsiya turar-joy qurilishida o‘zlashtirildi.
1,2 trln so‘m investitsiya esa boshqa moliyalashtirish manbalaridan olingan.
Avvalroq O‘zbekistondagi qurilish jarayonlari “BIM” texnologiyasi asosida amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Qurilish vazirligining ta’kidlashicha “BIM” texnologiyalarini qurilish sohasida qo‘llash sof foydani 25%gacha, rentabellik indeksini esa 14−15%gacha ortishiga xizmat qiladi.
“BIM” — bu “Building Information Modeling” ya’ni binoning raqamli modelini yaratishni ko‘zda tutadi.
Buyuk Britaniya va Singapur kabi mamlakatlarda loyihalash va qurilish jarayonlari “BIM” texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.