O‘zbekistonga joriy yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining statistikasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, bug‘doy importi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, qiymati $422,4 mln.ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, keyingi yuqori ko‘rsatkich shakarqamish ($251,7 mln), margarin mahsulotlari ($173,3 mln) hamda qoramol go‘shti ($116,4 mln) importida qayd etilgan.
Bug‘doy unining importi esa $72,7 mln.ni tashkil etdi.
Eng quyi pog‘onada qandolat mahsulotlari joy olgan bo‘lib, yetti oy mobaynida import ko‘rsatkichi $14,3 mln.ga yetgan.
Joriy yilning olti oyi davomida O‘zbekistonda import hajmi eksportdan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Unga ko‘ra, mamlakat tashqi savdo aylanmasi $28,1 mlrd.ni tashkil etib, shundan importga $16,8 mlrd sarflangan.
Import mahsulotlarining hissasi $15,4 mlrd, xizmatlarniki esa $1,4 mlrd.ni tashkil etgan.