To‘lov-shartnomalarini olish jarayoni raqamlashtirildi, xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar to‘lov-shartnomalarni platforma orqali elektron shaklda olishlari mumkin bo‘ladi.

“Super kontrakt"da o‘qish istagini bildirgan talabgorlar ham ariza va shartnomani onlayn rasmiylashtirishi mumkin.

Barcha jarayonlar yangi o‘quv yilining birinchi kunidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi ta’kidlandi.

Joriy yilning 5-sentabridan bakalavr, magistr hamda superkontraktda o‘qiyotgan barcha bosqich talabalari to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” joriy yildan magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi joriy etilishi haqida xabar bergandi. Buning uchun arizalar 15-sentabrgacha qabul qilinadi.