Chirchiq shahridagi oqova suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish (tiklash) bo‘yicha qiymati $22,2 mln.ga teng shartnoma imzolandi. Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” xabar berdi.

Shartnoma “O‘zsuvtaʼminot”, Alkataş İnşaat ve Taahhüt" qo‘shma korxonasi va “Mesmer-East” MChJ o‘rtasida imzolangan.

Mazkur loyiha doirasidagi ishlarni 2025-yilda to‘liq yakunlash ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda oqova suv tozalash inshootining o‘rnatilgan kunlik quvvati 80 ming metr kubni tashkil etadi.

Rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandan so‘ng bu ko‘rsatkich 130 ming metr kubgacha oshiriladi.

Taʼkidlash joiz, Toshkent viloyatining 7 ta shahar va tumanlarida 12,8 km yangi oqova suv tarmoqlarini tortish hamda 16 km oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ham rejalashtirilgan.

Natijada shahar aholisining markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasi hozirgi 61%dan 84%ga yetkaziladi.


“Spot” avvalroq Navoiyda O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki qurilishi boshlangani haqida yozgandi.