Toshkent shahridagi xonadonlarga quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda shahar hokimining qarori tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, “daftarlar"ga kirgan 138 ta oila quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan bepul ta’minlanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 2,8 mlrd so‘mni tashkil etib, uni moliyalashtirish tuman hokimliklarining “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rnatilishi kutilayotgan quyosh fotoelektrik qurilmalari soni 69 ta, Quyosh suv isitish qurilmalari soni esa 138 tani tashkil etadi.
Joriy yil yakuniga qadar 5 mingta va keyingi yilda esa 10 mingta “daftarlar"ga kirgan oilani quyosh fotopanellari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan ta’minlash belgilangan.
Avvalroq “Farg‘ona IEM"da quyosh fotoelektr stansiyasi, “Sirdaryo IES"da esa quyosh suv isitish qurilmalari foydalanishga toshirilgandi.