Joriy yil 14-iyundan boshlab Toshkent-Volgograd yoʻnalishlarida har bir yoʻnalishda haftasiga bir martalik chastota bilan temir yoʻl qatnovi qayta tiklangan edi.

25-iyundan 324/323-sonli “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezdining harakati boshlangandi.

Endilikda mazkur yo‘nalishda 5-oktabrdan boshlab haftaning chorshanba kunlari qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.

Toshkentdan Volgogradgacha temir yoʻl orqali boʻlgan boʻlgan masofa 2996 km.ni tashkil etadi. Poyezd 60 soat davomida harakatlanadi.

Qatnovlar boʻyicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalaridan bilib olishingiz mumkin.


“Spot” avvalroq “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdiga 7 ta reys qo‘shilgani haqida yozgandi. Qo‘shimcha qatnovlar 29-avgustdan 4-sentabrgacha amalga oshiriladi.