Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mukofotlar jami 159 kishiga taqdim etilgan. Ular orasida bir nechta tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari bor.
Quyida taqdirlanganlar ro‘yxati:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Abdurasulov Faxritdin Raupovich — “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori;
- Arifdjanov Akmal Zakirdjanovich — “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari;
- Latipov Uktam Xamidovich — “Samarkand Touristic Centre” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori;
- Suvonqulov Muxammad — Paxtakor tumanidagi “Semrug‘” fermer xo‘jaligi boshlig‘i.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Boboyev Abdirahmon Yusupovich — Chiroqchi tumanidagi “Abdirahmon bobo asali” xususiy korxonasi rahbari;
- Matniyazova Oybibi Narimanovna — Shovot tumanidagi “Guliston bioservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;
- Sattorov Rustamjon Teshayevich — Samarqand shahridagi “Vad Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
- Boymatov Isakjon Jalilovich — Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i;
- Iminov Abdulvoxid Muxiddinovich — Namangan shahridagi “Bunyodkor-3” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
- Karimov G‘ulomjon Xusanboyevich — Marhamat tumanidagi “Feruz” fermer xo‘jaligi boshlig‘i;
- Maxmudjanov Uktamjon — “So‘g‘diyona bino va inshootlardan foydalanish” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
- Rustamov Nodir Soxibovich — Qarshi shahridagi “NR Construction and Design” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Xabibullayev Sherzod Xayrulla o‘g‘li — “Unicon-Soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
“Jasorat” medali bilan
- Ibotov Tolibjon Shomirovich — Qarshi shahridagi “Qarshi hamkor inventor” oilaviy korxonasi rahbari;
- Usmonov Aziz Qobiljonovich — Toshloq tumanidagi xususiy tadbirkor;
- Yuldoshov Oybek Oltinovich — Navbahor tumanidagi oilaviy tadbirkor.
“Shuhrat” medali bilan
- Abidov Djamshid Kamalitdinovich — “Akfa Dream World” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
- Davlyatov Rustamjon Anvarovich — “Davlatov industries” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;
- Mamadayev Sherzodbek Shuxratbekovich — Andijon tumanidagi “Sapfir sadaf servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari;
- Ochilova Inobat Salimovna — Navbahor tumanidagi “Ochilova Inobat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i;
- Rahmatov Ikrom Ahmedovich — Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon loman parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;
- Xodjabekov Nuriddin Sultanmuradovich — Sirdaryo tumanidagi “Sulton” fermer xo‘jaligi boshlig‘i;
- Yuldashova Komila Qarshiyevna — Yakkabog‘ tumanidagi “Komila Qarshiyevna” xususiy biolaboratoriyasi rahbari.
20-avgustda prezident qarori bilan O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilgandi.
Ko‘krak nishoni har yili 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida beriladi. Joriy yilda 100 ta tadbirkor mazkur ko‘krak nishon bilan taqdirlandi.
Shuningdek, prezident 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonini ta’sis etishni taklif qildi.