Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi markaz (BPO Center) tashkil etildi. Bu haqda AKT vazirligi xabar berdi.
U xorijiy bozorga logistika xizmatlarini taqdim etadi.
Markaz tashkil etilishi natijasida 4 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 20 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, markaz missiyasi xorijiy kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini amalga oshirishdan iborat.
Joriy yilning iyul oyida Buxoro hamda Jizzaxda masofaviy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etilgandi.
Ikkala markaz ham AQSh kompaniyalari uchun autsorsing xizmatlarini amalga oshiradi.
Autsorsing — bu kompaniya funksiyalarining bir qismini boshqa bajaruvchi tashkilotga berish.
Avvalroq “Spot” Nukusda yoshlar texnoparki ish boshlagani haqida yozgandi.