Rossiyaning “AvtoVAZ” korxonasi yengil avtomobil qismlarini yig‘ish liniyasiga 500 nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ishga jalb qilmoqchi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Bunga Samaradagi agentlik vakilining “AvtoVAZ” va “Slasti” korxonalari rahbariyati bilan uchrashuvida kelishilgan.
Shuningdek, “Slasti” qandolatchilik korxonasiga 20 nafar o‘zbekistonlik ishga joylashtirilishi ta’kidlandi.
Iyul oyida “Spot” Yaponiyaga 30 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mehnat migrantlari yuborilishi haqida yozgandi.
Mazkur mamlakatda ishlash uchun fuqaro yapon tilidan A2 yoki N4 darajasi va kasb ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
Avgust oyi boshida esa Irkutsk viloyatdagi qurilish ishlariga o‘zbekistonlik migrantlarni jalb qilish haqida xabar berilgandi.