Aprel oyida “Nokia” kompaniyasi Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya bozorini tark etishga qaror qilgandi.

Endi kompaniya mamlakatdagi faoliyatini 2022-yil oxirigacha tugatishi ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi “Reuters”.

Kompaniya hujjatlar bilan bogliq masalalar tugallanmagunga qadar mamlakatdagi faoliyatini olib boradi.

“Biz hozirgi sharoitda mamlakatda ishlashni davom ettirish uchun hech qanday imkoniyatlarni ko‘rmayapmiz”, dedi “Nokia” bosh direktori Pekka Lundmark.

Lundmarkning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning Rossiyani tark etish qarori 2000 ga yaqin xodimga ta’sir qiladi va ularning ba’zilariga boshqa mintaqalarda ish taklif qilinishi mumkin.

“Kompaniya mahsulotlariga boshqa hududlarda kuchli talab mavjud, shuning uchun bu 2022-yilgi moliyaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir qilmaydi”, deyiladi “Nokia” xabarida.

Shunigdek, Shvetsiyaning “Ericsson” kompaniyasi ham yaqin oylarda Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatadi.

22-avgust kuni kompaniya Rossiya bo‘linmasini yil oxirigacha yopishi haqida xabar berdi.


Avvalroq “Spot” Amerikaning “Dell” korporatsiyasi barcha xodimlarini ishdan bo‘shatib, Rossiyani tark etayotgani haqida yozgandi.