Yevropada gaz narxi gaz omborlarini tez to‘ldirish haqidagi xabarlar ortidan uchinchi kun ketma-ket tushib ketdi.

31-avgust kuni Niderlandiyadagi “TTF” xabida tabiiy gaz uchun sentabr fyucherslari narxi 8%dan ko‘proqqa tushdi.

Bunda 1 MVt/soat uchun 240 yevroga yoki 1000 kub.m uchun $2397 ga pastladi.

30-avgust kuni esa gazning birja narxi $2600 dan pastlagandi.

28-avgust kuni Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Germaniyadagi yer osti gaz omborlari isitish mavsumi boshlanishidan oldin rekord darajada to‘ldirilayotganini aytdi.

Yevropa Komissiyasi Ittifoqning barcha mamlakatlari oldiga 1-noyabr kuni isitish mvasumi boshlanishidan oldin omborlarnini kamida 80%ga to‘ldirish vazifasini qo‘ydi.

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, 27-avgustgacha Yevropa Ittifoqidagi yer osti gaz omborlari 79,4%gacha to‘ldirilgan.


Avvalroq “Spot” Yevropada gazning birja narxi 8-martdan beri $3200 dan oshgani haqida yozgandi.