Innovatsiya vazirligi va Janubiy Koreyaning “Interlab” hamda “Young in Biogen” kompaniyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Yashnobod” innovatsion texnoparkida qiymati $5 mln miqdordagi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston hududida neft-gaz, to‘qimachilik, kimyo, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sohalarida qo‘llash imkoniyatini beradigan ilmiy laboratoriya tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 23-avgust kuni Nukusda yoshlar texnoparki ochildi.
Markazni tashkil etishda Innovatsiya vazirligining maxsus jamg‘armalari hisobidan 8,9 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 10 ta ish o‘rni yaratildi.
Texnopark 3D printerlar, pnevmatika o‘quv stendlari, lazer kesgich, frezer ishlov beruvchi markaz, gidravlik list bukgich, elektr payvandlagich, laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari va boshqa uskunalar bilan jihozlangan.
Shuningdek bu yerda robototexnika, grafik dizayn, mental arifmetika, ingliz tili bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.