Joriy yilning avgust holatiga oylik inflyatsiya 0,5%ni tashkil etib, yillik ko‘rsatkich esa 12,3%ga yetdi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Dastlabki sakkiz oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi 8,5% ga yetdi.
Bu esa so‘nggi uch yillikning ushbu davrida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Asosiy o‘sish ko‘rsatkichlari oziq-ovqatlar (3,6%), un (1,2%), go‘sht (1,2%), shakar (1,2%), sut (0,8%), paxta yog‘i (0,6%) va sariyog‘ (0,6%) narxlarida kuzatilgan.
Markaziy bank iyun oyida yillik inflyatsiya sur’ati 12,2%ni tashkil etgani haqida xabar bergandi.
O‘sish import, tovarlarni yetkazib berish, logistika muammolari hamda g‘alla yetishtirish va sotish narxlarining erkinlashtirilishi bilan izohlangan edi.
Iyul oyidagi tahlillarda inflyatsiya ko‘rsatkichi pasayib, 16,8 %ga yetgandi.
Biroq go‘sht, piyoz, guruch kabi ijtimoiy tovarlar narxi o‘sishi kuzatilgan.