Barcha davlat OTMda super-kontrakt miqdorlari 10%ga kamaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur chegirma 2022−2023 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib belgilangan.
Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontraktning miqdori yo‘nalishlarga qarab belgilandi.
Ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.
Avvalroq Ta’lim krediti kimlarga berilishi va uni olish tartibi ma’lum qilingandi.
Xususan, ta’lim kreditlarini bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalar olishi mumkin.
Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab, to‘lov-shartnomalarini olish jarayoni raqamlashtirildi.
Birinchi bosqichga qabul qilingan va bakalavr, magistr hamda superkontraktda o‘qiyotgan barcha bosqich talabalari to‘lov-shartnomalarni platforma orqali elektron shaklda olishlari mumkin bo‘ladi.