Avgust oyida O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarga parvozlar narxi oshgan.
Chipta narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha 2,1%ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari yil boshiga nisbatan o‘rtacha 7,9%ga arzonlashdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar o‘rtacha 10,3%ga arzonlashgani ta’kidlanmoqda.
Avvalroq “Qano sharq” kompaniyasi Toshkent-Farg‘ona-Moskva yo‘nalishida hamda Sankt-Peterburg-Samarqand yoʻnalishida parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, “Spot” joriy yildan “Uzbekistan Airways” xorijga amalga oshirishi belgilangan parvozlar ro‘yxatini tuzgandi.