Xitoyning “Huawei” kompaniyasi Rossiyadagi xodimlarining bir qismini O‘zbekiston va Qozog‘istonga ko‘chirdi.

Kompaniya ularni MDH mamlakatlarida ishlashga yo‘naltirdi, xabar beradi “Vedomosti”.

Xabarga ko‘ra, ularning ba’zilari “Huawei"ning Xitoydagi bo‘linmalari menejerlari va rahbarlari bo‘lib, ular yil boshida Rossiyaga jo‘natilgan.

Biroq kompaniya Ukrainadagi urush tufayli 2022-yilning bahoridan xodimlarini taqsimlashni boshladi.

“Bu harakat AQSh va Yevropadan ikkilamchi sanksiyalar xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, — dedi “Infoline-аналитики” bosh direktori Mixail Burmistrov.

Iyul oyi oxirida “TACC” manbasi “Huawei” Rossiyadagi shtatdan tashqari xodimlarining 50%dan ortig‘ini qisqartirganini aytdi.

Avgust oyi boshida esa omborlarda mahsulot yetishmasligi sababli kompaniya do‘konlarni yopishni boshladi, deya xabar berdi “РИА Новости”.

Lekin shunga qaramay, kompaniya Rossiyadagi vakolatxonasini rasman yopmagan yagona telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib beruvchi hisoblanadi.

Oʻzbekistonga koʻchirilgan xodimlar

Umuman olganda, 2022-yil fevral oyi oxiridan beri 6000 ga yaqin rus va belorus mutaxassislari Toshkentga kelgan boʻlib, ularning bir qismi AQSh kompaniyalari tomonidan koʻchirilgan.

Ular qatorida “Exadel” va “EPAM Systems” bo’lib, “Exadel"ning Oʻzbekistonda 120 dan ortiq mutaxassisi ishlaydi.

“EPAM” esa 2021-yilda mamlakatda 300 ga yaqin kishini ish bilan taʼminlagan boʻlsa, mazkur yilda kompaniya xodimlari sonini 3000 kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda.