Olmaliq kon metallurgiya kombinati tasarrufidagi “Ingichka” koni texnogen chiqindilaridan volfram mahsulotini oldi. Bu haqda OKMKning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kon texnogen chiqindilarini qayta ishlash va volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda.

Volfram — nodir metallar sirasiga kiradi va qattiq qotishmalar uchun asos hisoblanadi.

Undan po‘latlarni legirlashda, yeyilishga chidamli va issiqbardosh qattiq qotishmalar olishda foydalaniladi. Zichligi yuqori bo‘lganligi uchun undan zirhlar tayyorlanadi.

Shuningdek, aviatsiya, kosmonavtika va elektrotexnikada keng qo‘llaniladi.

Jahon bozorida 1kg volframning narxi — $40, texnogen chiqindilarini qayta ishlashi evaziga esa yiliga 100 tonna volfram olinadi.

Loyiha natijasida 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.


Avvalroq “Spot” prezident metallurgiya sanoatini rivojlantirishning to‘rtta asosiy vazifasini belgilab bergani haqida yozgandi.