O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdlarning chiptalar narxini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.

Unga ko‘ra, 6-sentabrdan boshlab, “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining chiptalariga 20% chegirma berilishiga qaror qilindi.

20-iyundan boshlab “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yoʻnalishida temir yoʻl qatnovi tiklanishi ma’lum qilingandi.

Yoʻlovchi poyezdi 10 ta vagondan: 4 kupe, 5 platskart va vagon-restorandan iborat.

Maʼlumot uchun, Toshkentdan Dushanbegacha temir yoʻl orqali boʻlgan masofa 916 km.ni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.


Avvalroq “Spot” Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovi qo‘yilishi haqida yozgandi.