Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati, Angor tumanida joylashgan gaz quyish shaxobchasini auksion savdosiga qo‘ydi.

Shaxobchaning umumiy maydoni 1 ga, bino va inshootlarning egallab turgan o‘rni esa 8786 kv.m.

Uning boshlang‘ich narxi 13,8 mlrd so‘m, birinchi qadam (zakalat) bahosi esa 692 mln so‘mni tashkil etadi.

Lotda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 20-sentabr kuni soat 09:00ga qadar qabul qilinadi hamda xuddi shu kuni soat 10:00da savdo boshlanadi.

Lot haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.



Avvalroq “Spot” Shayxontohur tumanidagi tijorat binosi sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi. Uning boshlangʻich narxi 11,2 mlrd soʻm.

Auksion 29-sentabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.