Hukumat qarori bilan, xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan foizsiz ta’lim krediti ajratish tartibi joriy qilingandi.

Bunda, talaba va bank o‘rtasida 14%li ta’lim krediti ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi hamda kredit bo‘yicha foiz stavkalari to‘liq davlat budjetidan qoplanadi.

Ta’lim kreditini rasmiylashtirgan xotin-qizlar o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida rasmiylashtirilgan kreditning asosiy qarz qismini qaytara boshlaydi.

  • Imtiyozli ta’lim kreditini rasmiylashtirish uchun quyidagilar zarur:
  • imtiyozli ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi tijorat bankiga ariza;
  • kredit oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
  • ta’lim muassasasining to‘lov-kontrakt shartnomasi.

Shuningdek, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchining tijorat bankining kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq imtiyozli ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjati kerak bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan imtiyozli ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

Quyidagi 12 ta tijorat banki talabalarga foizsiz ta’lim kreditini ajratish bo‘yicha Moliya vazirligi bilan bitim tuzgan:

Ta’lim krediti bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni banklarning rasmiy sayti yoki call-markazlari orqali olish mumkin.

Ta’lim kreditini rasmiylashtirishda muammolar yuzaga kelsa quyida keltirilgan raqamlarga murojaat qilish mumkin:



Avvalroq, ta’lim krediti kimlarga berilishi va uni olish tartibi haqida xabar berilgandi. Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi. Buning uchun talabgorlar 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etishlari kerak.