4-oktabr kuni O‘zbekistonda birinchi “Franchising Expo Uzbekistan” franshiza ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
- restoran biznesi;
- riteyl;
- ishlab chiqarish;
- taʼlim;
- go‘zallik va salomatlik;
- development va boshqalar.
Unda O‘zbekiston franshiza assotsiatsiyasi prezidenti Murat Azamov, O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov, IPO va M&A bo‘yicha mutaxassis Sergey Chumak va xalqaro franchayzing eksperti Viktor Lyashevskiy spiker sifatida ishtirok etadi.
Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro franshiza bozori mutaxassislari o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar.
Ko‘rgazmada dunyoning 10 ta davlatidan 100 dan ortiq faol xorijiy va mahalliy franshizalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston franshiza assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston iqtisodiyot assambleyasi.
Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.