Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati $116,4 mln.ga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.
Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:
- Belarus — 14,4 ming tonna;
- Qozog‘iston — 9,1 ming tonna;
- Braziliya — 1,3 ming tonna;
- Hindiston — 784 tonna;
- Rossiya — 604 tonna.
Joriy yilning olti oyi davomida O‘zbekistonda import hajmi eksportdan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Unga ko‘ra, mamlakat tashqi savdo aylanmasi $28,1 mlrd.ni tashkil etib, shundan importga $16,8 mlrd sarflangan.
O‘zbekistonga yanvar-iyul oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining statistikasida bug‘doy, shakarqamish, margarin mahsulotlari va qoramol go‘shti importida yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.