“DSR Corporation"ning QA muhandisligi bo‘yicha bepul kurslariga qabul boshlandi. Bu haqda “IT Park” xabar berdi.
Mashg‘ulotlar onlayn tarzda kompaniya muhandislari tomonidan olib borilib, ma’ruza va amaliyot rus tilida o‘tkaziladi.
Kursni tashkil etishda korporatsiyaning IoT qurilmalari bilan ishlash tajribasi hamda o‘z IoT mahsulotlarini ishlab chiqishiga asoslangan.
Trening 1 semestr davom etadi va 2022-yilning dekabr oyida yakunlanadi.
Kursning “plyus” tarafi
Kurs ishtirokchilari IT-kasbini o‘zlashtirish, test o‘tkazishning umumiy nazariyasi va amaliyotini tushunish hamda IoT qurilmalari bilan ishlash xususiyatlarini o‘rganadi.
O‘quvchilar sinovdan o‘tkazish asoslari va testlarni yaratish usullari bilan tanishib, test hujjatlarini to‘g‘ri yozishni va xatolar haqida hisobotlarni tuzishni o‘rganishadi.
“QA-embedded” muhandis yo‘lga qo‘yadigan xatolar, sinovdan o‘tkazish jarayonlarini bajarish va boshqa ko‘plab ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi.
Kursni tamomlagandan so‘ng talabalar “Junior developer” lavozimi uchun yetarli bo‘lgan bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, kursni tamomlaganlarga DSR elektron sertifikati berilib, eng a’lochi talabalar suhbatga taklif etiladi.
Talablar
Nomzodlar kirish imtihonidan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, trening davomida texnik hujjatlar bilan ishlash uchun ingliz tili darajasi Pre-Intermediatedan kam bo‘lmasligi lozim.
Kursga qabul 20-sentabrgacha davom etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Ro‘yxatdan havola orqali o‘tish mumkin.
Maktab haqida
“QA School” maktabi “DSR Corporation"ning fundamental kurslaridan biri.
O‘quv markazlari Rossiyada 10 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi va shu vaqt ichida 1500 dan muhandislarni tayyorlagan.
2022-yilda har beshinchi bitiruvchi kompaniya xodimiga aylandi.
Joriy yildan boshlab o‘quv markazida toshkentlik talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.