Rud Pedersen “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniya “Spot"ga ma’lum qildi.
U moliya bo‘limining jarayonlar va tuzilma nuqtai nazaridan transformatsiyasi hamda kompaniya rivojlanishi bo‘yicha maqsadli strategik rejalariga muvofiq biznes-vazifalarni amalga oshiradi.
Rud chakana savdo, kundalik tovarlar va farmatsevtika sohalaridagi ko‘p millatli kompaniyalar tajribasiga ega.
So‘nggi uch yil davomida Rud Pedersen Rossiyadagi yirik “Лента” gipermarketlar tarmog‘ida moliyaviy direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
Undan avval esa “Carlsberg Eastern Europe” kompaniyasida moliyaviy direktor sifatida, beshta MDH davlatlarida kompaniyaning operatsion faoliyatiga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, u “Cadbury” (Rossiya), “AstraZeneca” (Belgiya), “Levi Strauss” (Belgiya), “IC Group” (Daniya) va “Deloitte” (Daniya) kabi hududiy kompaniyalarda rahbarlik darajasida ish tajribasiga ega.
Rud “Aarhus School of Business"(Daniya)ning xalqaro biznes-boshqaruvi va korporativ huquq yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega.
Shu bilan birga, u Buyuk Britaniyadagi “London Business School"ning EMBA dasturini tamomlagan.